Visa va Mastercard kartalari Rossiyada ishlashni to‘xtatdi
Rossiyada chiqarilgan Visa va Mastercard kartalari xorijda ishlashni to‘xtatdi. Ichki bozorda esa kartalar faoliyatini davom ettiradi. Sayohatchilar uchun naqd pul va “Mir” kartasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan Visa va Mastercard kartalari endilikda xorijda ishlamaydi.
6-mart kechasi Visa kompaniyasi Rossiyadagi barcha operatsiyalarni to‘xtatishini e’lon qildi. Ortidan Mastercard ham xuddi shunday qarorni ma’lum qildi.
Endi Rossiyada chiqarilgan barcha Visa va Mastercard kartalari mamlakatdan tashqarida ishlamaydi. Shuningdek, xorijdagi moliya muassasalari tomonidan chiqarilgan Visa va Mastercard kartalari esa Rossiyada amal qilmaydi.
Ammo ichki bozorda kartalar ishlashda davom etadi. «Sberbank» vakillari bu haqda tasdiqlab, mijozlar naqd pul olish, karta raqami orqali pul o‘tkazish, shuningdek Rossiyadagi oflayn va onlayn do‘konlarda to‘lov qilish imkoniyatiga ega ekanliklarini bildirishdi. Buning sababi, mamlakat hududida barcha to‘lovlar milliy «NSPK» tizimi orqali amalga oshiriladi va xorijiy to‘lov yechimlaridan mustaqildir.
RBK nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Visa va Mastercard kartalari Apple Pay va Google Pay ilovalaridagi ham ishlashini to‘xtatadi.
Markaziy bank sayohatchilarga xorijga chiqishda naqd pul olib yurishni va «Mir» kartasidan foydalanishni maslahat bermoqda. Hozirda «Mir» kartasi Turkiya, Vetnam, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Janubiy Osetiya va Abxaziyada qabul qilinadi.
Siz Zamonaviy Yangiliklar va Ko‘ngilochar Trendlar bo'yicha qiziqarli mavzular va tahliliy materiallarni 11-03-2022 sanasida topdingiz. Maqola sarlavhasi: " Visa va Mastercard kartalari Rossiyada ishlashni to‘xtatdi " sizga Zamonaviy Yangiliklar va Ko‘ngilochar Trendlar sohasidagi yangi tushunchalar va foydali maslahatlarni beradi. Har bir Mavzu diqqat bilan tahlil qilingan va foydalanuvchiga amaliy ma'lumot yetkazishga qaratilgan.
Visa va Mastercard kartalari Rossiyada ishlashni to‘xtatdi mavzusi sizning Zamonaviy Yangiliklar va Ko‘ngilochar Trendlar bo'yicha qarorlaringizni yanada oqilona qilishga yordam beradi. Saytimizdagi barcha mavzular, unikal va foydalanuvchi uchun qimmatli kontent hisoblanadi.


